Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 2025 yil 6-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Barkamol avlod"bolalar maktabi xodimlari hamda to‘garak aʼzolari ishtirokida"Ona yurt fidoiylari" rukni ostida "Qatag‘on qurbonlari- istiqlol fidoiylari" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. ✅ Suhbat davomida Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi jadid maʼrifatparvarlarining umr yo‘llari, umrini baxshida qilgan maʼrifatparvar bobolarimiz tarixi hayot yo‘llari haqida qizg‘in suhbatlar bo‘lib o‘tdi.Tadbirga 30 nafar ishtirokchi qamrab olindi.