2025-yilning 7-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xotira maydonida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira- abadiy, qadr-muqaddas”nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. ✅ Ko‘rgazma davomida urushda jonini fido qilgan vatandoshlarimizning jasorati yodga olindi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalar bildirdilar.Ushbu ko‘rgazma ishtirokchilarda tarixiy xotiraga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ko‘rgazmada 30 nafar ishtirokchi qamrab olindi.