Inson -xotirasi muqaddas

Yurtimiz bo'ylab har yili 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana yurtimiz ozodligi, tinchligi va ravnaqi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan, Ikkinchi jahon urushi yillarida urush maydonida hamda front ortida mashaqqatli mehnat qilgan insonlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ifodasidir. ✅ Bugun 2025-yil 8-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson xotirasi muqaddas" mavzusi asosida Mirzacho‘l tuman hokimligi hamkorligida tadbir tashkil qilindi. ✅ Tadbirda Xotira maydonida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan adabiyotlar ko'rgazmasi va O'zbekiston xalqining g'alabaga qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berildi va ushbu kun haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.