Davra suhbati

2025-yil 13-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasi xotin-qizlari ishtirokida "Farovon oila sari" shiori ostida ibratli oilalarning boy oilaviy hayot tajribasini ommalashtirish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodni yuksak dunyoqarashli,ona Vatani xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalovchi,maʼnaviyatli onaxonlar sonini ko‘paytirish maqsadida "Oila-Vatan va jamiyatning poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. ✅ Suhbat juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan degan o‘z fikrlarni bildirdilar. Tadbir samimiy va iliq ruhda ma’rifiy suhbatlarga boy tarzda o‘tdi.Tadbirda 20 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.