2025 yil 13-may kuni Bog‘bon mahallasi hududida joylashgan "Sihat-salomatlik Farm" MChJ ga qarashli xususiy kutubxonasi bilan hamkorlikda "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bo‘g‘bon mahallasi yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.Tumanimizda aholi, ayniqsa yoshlar orasida diniy aqidaparastlik va terrorizmning zararli oqibatlari,insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. ✅ Tadbirni Abdug‘afur Qodirov 1ochib berdi va "Jaholatga qarshi – ma'rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma'naviy meros o'ziga xos najot qal'asi, himoya qo'rg'oni vazifasi ekanligini, ko'plab kitoblar o'qishimiz,ilm olishimiz , dunyoqarashimizni kengaytirishimiz muhim hisoblanishi darkorligi haqida tushunchalar berib o‘tdilar. Tadbirda 30 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.