2025-yil 15–may kuni Farg‘ona shahrida “Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari vakillari va xorijlik mehmonlar konferensiya ishtirokchilarini qutladilar, mazkur anjumanning dolzarbligini qayd etdilar, uning taraqqiy etayotgan jamiyatimizda mohiyati haqida fikr bildirdilar,hamda anjuman ishiga omad tiladilar.