📚Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida azaldan insoniy qadriyatlar, milliy madaniyat va avlodlar davomiyligini asrovchi qo‘rg‘on, barqarorlik va taraqqiyot omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. ✅ Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an’ana tusiga kirib ulgurgan. Bugun 2025-yil 15-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Do‘stlik, G‘alaba, Mustaqillik mahallasi hududida istiqomat qiluvchi oilalar o‘rtasida "Oila-saodat maskani" mavzusida psixologik trening o‘yinlar tashkil qilindi. ✅ Trening davomida ha,yo'q o'yini va xafa bo'lish yo'q o'yinlari qiziqarli o'tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining mahoratlarini namoyon qildilar. Shuningdek, Psixologik trening oilalarga yaxshi kayfiyat bag'ishladi.Tadbirda 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.