📚Joriy yilning 15-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomon "Yangidala" mahallasi yoshlari "Sirli kutubxonada... " mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. ✅ Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimizdir. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. ✅ Ta’kidlash joizki, odamlar bir-biri bilan muloqot qilishi uchun jamoat kutubxonalaridanda yaxshiroq joy yo‘q. Ekskursiya davomida axborot-biblografiya bo‘limi tomonidan O‘lkashunoslik bo‘yicha maʼlumotlar berib o‘tildi va kutubxonada yaratilgan sharoitlar va barcha qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.