📖 Yosh avlodni kitobga qiziqtirish va kutubxonalarga keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 15-may kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Mirzadala MFY da joylashgan 3-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilariga "Kutubxona - Maʼnaviyat oʻchogʻi" mavzusida targʻibot ishlari olib borildi. ✅ Targʻibot ishlari davomida oʻquvchilarga kutubxona fondida mavjud adabiyotlar, foydalanish qoidalari va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil maʼlumotlar berildi.