2025 yil 16- may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida 15- may Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila-Vatan ichra mo‘jaz Vatan" mavzusida ma'naviyat soati òtkazildi. ✅ Xalqaro oila kunini nishonlashdan maqsad oilalar bilan bog‘liq muammoli masalalarga davlat va jamoatchilik e’tiborini qaratish, oilalar ahvoliga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida maʼlumotlar berildi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida azaldan insoniy qadriyatlar, milliy madaniyat va avlodlar davomiyligini asrovchi qo‘rg‘on ekanligi taʼkidlandi. Ma’rifat soati davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.