📚Har oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini shakllanishiga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan 2025-yil 19-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Erjar, Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi onaxonlar ishtirokida "Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi" nomli davra suhbati tashkil qilindi. ✅ Tadbir davomida onalar o’zlarining eng sevimli kitoblari bilan bo’lishib, kitobxonlikning bolalar tarbiyasidagi o’rni va ahamiyatini muhokama qildilar. Kitob mutolaasining foydalari, uning farzandlar rivojlanishidagi roli, onalik hayotidagi ahamiyati haqida suhbatlar qurildi. Tadbir davomida onalar o’zlarining kitoblar bilan bog’liq tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.