Kitobxonlik_oiladan_boshlanadi

📚2025-yil 19-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mustaqillik,Do‘stlik mahallasi hududida istiqomat qiluvchi kitobxon oilalar ishtirokida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona -kitobxon bola” shiori ostida  "Ilmli,maʼrifatli ayol- millat tarbiyachisi" mavzusida   ko‘rik tanlov tashkil qilindi. ✅ Ko‘rik tanlovda onalar farzandlari bilan ishtirok etishdi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deya bejiz aytishmagan. Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta. Ona yoki ota nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intiladi.Tanlovda kitobxon oilalar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. O‘qish uchun tavsiya qilingan asardan tezkor savol-javob, maqollarni davom ettirish, o‘z onanggizni toping shartlaridan iborat bo‘ldi. O‘yin barcha onalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.