Targʼibot

📚2025-yil 19-may  kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mirzadala"   mahalla hududida joylashgan agrosanoat texnikumida aholi va yoshlarning kitob o‘qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish orqali aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Kitoblar donishmandlikni yoyish qurolidir" mavzusida kitoblar targ‘iboti va adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. ✅ Ishtirokchilar bilan ilm va ma'rifat eshiklarini ochuvchi, fikrlarimizni shakllantiruvchi eng kuchli vosita - kitob haqida suhbatlashildi. Yoshlarga ilm-ma'rifat eshiklarini ochish uchun kitob o'qish madaniyatini targ'ib qilishlik barchamizning burchimiz ekanligi taʼkidlandi.