Ekskursiya

2025-yil 20-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga Mustaqillik, Do‘stlik mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishish maqsadida "Zulmatni yoritgan ziyo maskani"mavzusida kutubxonaga sayohatga tashrif buyurdilar. ✅ Ular ekskursiya davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, balki, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan  qaxramonlar haqida ham suhbatlashib,  fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Shu bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar,lug'at kitoblar,ensiklopediyalar,elektron ma'lumot bazalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.