2025-yil 20-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Manfaatlar to‘qnashuvi va uning kelib chiqish sabablari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅ Tadbirning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va oldini olish choralarini tushuntirish, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. ✅ Mutaxassislar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi – bu shaxsiy, oilaviy yoki boshqa turdagi manfaatlar xizmat yoki ijtimoiy vazifalarni bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holat ekanligi tushuntirildi. ✅ Ishtirokchilar mavzuga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javob shaklida faol ishtirok etishdi. Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.