2025-yil 21-may sanasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Bog‘bon" mahallasi hududida joylashgan 17-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida "Kitob qalbning rizqidir" mavzusida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. ✅ Tashrif chog'ida yig'ilganlar e'tiboriga eng sara o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari havola qilindi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda mutolaa qilishlari uchun kitoblar tavsiya etildi.