Targ'ibot

Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. ✅ Bugun 2025-yil 23-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mirzadala" va "Bog‘bon" mahallasi xotin-qizlari ishtirokida " Kitob va kitobxonlik-inson maʼnaviyati ko‘zgusi" mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.Targ'ibot davomida axborot-kutubxona markazi fondi ,undan foydalanish qoidalari hamda turli sohadagi adabiyotlar to'g'risida ma'lumotlar va tavsiyalar berib o'tildi. Tadbirga 12 nafar ishtirokchi qamrab olindi.