Bugun 2025-yil 23-may kuni Mirzacho‘l tuman adliya boʻlimi tomonidan Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Zukko kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi. ✅ Tanlov uchta shartdan iborat bo‘lib, tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari va Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi "Renesans" klub aʼzolari faol ishtirok etishdi. Umumiy natijalarga ko‘ra Abduvoitova Fotima faxrli 1-o'rinni, Turg‘unboyeva Hurriyat 2-o‘rinni va Eshturdiyeva Nilufar 3-o‘rinni egalladi. G'olib bo'lgan yoshlar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Kitob mutolaasi bilan oshnolar safi ko‘p bo‘lsagina,adabiyot va kitob yashashda davom etaveradi albatta.