Maʼnaviyat_soati

📚2025-yil 23-may kuni Mirzacho‘l  tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Kushandalik-umr zavoli" mavzusida maʼnaviyat soati tashkil qilindi. ✅ Inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekanligi allaqachon isbotlanganiga qaramasdan, bashariyat hamon voz kecholmayotgan illat — sigaret chekish, boshqacha aytganda, kashandaliklar haqida so‘z yuritildi.  Afsuski, musaffo osmonni zaharli tutunga to‘ldirib, odamzodning uzoq umr ko‘rishdek azaliy orzusiga ham to‘siq bo‘lib kelayotganligi  haqida xodimlar o‘rtasida fikrlar almashinildi.