Ekskursiya

2025-yil 26-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan G‘alaba mahallasi hududida joylashgan 10-sonli maktab 3-sinf o‘quvchilari uchun "Kitoblar-olamiga sayohat" mavzusida qiziqarli ekskursiya tashkil qilindi. ✅ Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarni qanday tanlash va ehtiyot qilish, shuningdek, kutubxonadan qanday foydalanish kerakligini tushuntirib berishdi. Bolajonlar ertaklar va qiziqarli rasmlar bilan tanishib, kitoblar dunyosiga sayohat qilishdi. Bu uchrashuv bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirib, bilim olishga qiziqish uyg‘otdi.