Koʻrgazma

📚2025-yilning 2-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Kitobxon bola – nurli kelajak” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. ✅ Mazkur ko‘rgazma orqali bolajonlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, shuningdek, farzandlarimizni ma’naviy boy va intellektual salohiyatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi adabiyotlar targ‘ib etildi.