Ekskursiya

Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Har kim kutubxonalarning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi kerak. Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga 2025-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Jizzax akademik litseyi  kursandlari  "Kitoblar olamiga sayohat" mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. ✅ Ular ekskursiya davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, balki, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan qaxramonlari haqida suhbatlashib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar va qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.