Davra suhbati

2025-yil 9-iyun kuni "Axborot-texnologiyalari haftaligi" doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Jizzax akademik litseyi  kursandlari bilan hamkorlikda "Maʼrifatli yoshlar-millat faxri" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. ✅ Bugungi texnologiyalar jadal rivojlanayotgan zamonda kitobning ahamiyatini his qiluvchi yoshlarning ko'pligi kishini quvontiradi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan ushbu tadbirda yoshlar-adabiyot, she'riyat, ijod haqida  ham o'zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yakunda yig'ilganlar markaz tomonidan esdalik  sovg'alar bilan taqdirlandilar.