Davra suhbati

Bir necha yillardan buyon yurtimizda «Yosh kitobxon» Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni  ortishiga va kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga sezilarli hissa qoʻshmoqda. ✅ Bugun 2025-yil 10-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari ishtirokida "Yosh kitobxon bilan suhbat" o‘tkazildi. Suhbatda mazkur tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlar olgan kitobxonlar ishtirok etdilar.