#Axborot_texnologiyalar_haftaligi 📚Yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish maqsadida 2025-yil 11-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida "O‘yla, izla, top" nomli intellektual viktorina o‘yini oʻtkazildi. ✅ Erkin va samimiy muhitda o‘tgan ushbu viktorinada 15 nafarga yaqin ishtirokchilar oʻzlarining fikrlari bilan faol qatnashdi. Tadbir qiziqarli savol -javoblar bilan uyg‘unlashib, ishtirokchilar qalbida yuksak taassurot qoldirdi.