📚2025-yil 12-iyun kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Elektron nashrlar" mavzusida audiokitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. ✅ Audiokitoblar ham qiziqarli, ham tarbiyaviy, taʼlim beruvchi boʻlishi mumkin. Ularga nogironlar, koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun audio adabiyotlar, yosh bolalar uchun yaxshi oʻqiladigan ertaklar, xorijiy tillar boʻyicha audio kurslar, oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun audio qoʻllanmalar, audio yoʻlboshlovchilarni kiritish mumkin.