#Axborot_texnologiyalar_haftaligi 📚"Dolzarb 90 kun” – bu faqat loyiha emas, balki yoshlarning tafakkuri, salohiyati va jismoniy barkamolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi keng qamrovli harakatdir.Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy jihatdan boyitish maqsadida mamlakatimiz ta’lim muassasalarida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.Jumladan, 2025-yil 12-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasi hududida joylashgan 6-son maktabda "Kim bilag‘on,kim chaqqon"nomli tadbir tashkil qilindi. ✅ Tadbirda ishtirokchilar qiziqarli, jumboqli va imtiyozli, yashirin shartlarda oʻz bilim va zukkoligini namoyon etib, turli ballarni qoʻlga kiritishdi. Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan kvest o‘yini barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.