📚Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.Bugun 2025-yil 13-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mirzacho‘l tuman "Harbiy qismlari" hamkorligida, harbiy xizmatchilar va yosh askarlar ishtirokida "Ilm istagan — kitobni do‘st tutadi" mavzusida "Kitobxonlik" ko‘rik tanlovi tashkil qilindi. ✅ Tanlov uch shartdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinab ko‘rishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Uzoqboyev Mirzohid, 2-o‘rinni Omonboyev Mirzoulug‘ va 3-o‘rinni Norqobilov Sardorbeklar egalladilar. G‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.