Davra suhbati

Bugun 2025-yil 16-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida korrupsiya-taraqqiyot kushandasi,xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyatlardan biri "Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat taraqqiyotining asosi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. ✅Suhbat davomida Mirzacho‘l tuman ichki ishlar bo‘limi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Shodmonov tushuntirish ishlari olib bordi. Suhbat davomida korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladigan, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmasligi va bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur ekanligini taʼkidlab o‘tdi. ✅ Ishtirokchilar bu borada fikr-mulohazalar bildirdilar. Bu kabi suhbat albatta ishtirokchilarda jamiyatda adolat mezonining buzmaslikka hamda millatimiz obro‘siga korrupsiya illati soya solmasligiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi