Ko'rgazma

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi. Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoiy va matonatli o‘g‘il qizlarning xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida siyosiy qatag‘on qurbonlariga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida, 2025-yil 16-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bog‘bon" mahallasi aholisiga "Qatag‘on qurbonlari-Vatan fidoiylari"mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.