2025-yil 17-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan har oyda anʼanaga aylangan "Kitobxon onalar kuni" loyihasi doirasida "Mustaqillik"," Do‘stlik", "G‘alaba" mahallasida istiqomat qiluvchi kitobxon onaxonlar ishtirokida "Insonni kamolotga eltuvchi yo‘l bu kitob " mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. ✅ Tadbir davomida oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta ekanligi va ona yoki ota nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intilishi aniqligi haqida bahs munozaralar bo‘ldi. Shunday ekan, kattalar munosib ibrat bo‘lishimiz kerakligi taʼkidlandi. Shu bilan bir qatorda ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub "Tanlangan asarlar" kitobidan sheʼriy parchalar ifodali o‘qib,davramizga ko‘tarinki ruh baxshida qildi . Erkin va samimiy muhitda o‘tgan ushbu tadbirda onaxonlar o‘zlarining fikrlari bilan faol qatnashdi.