2025-yil 18-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tumanidagi harbiy qismlarining birida harbiy xizmatchilar ishtirokida "Bir kitob ming olamga ochilgan eshik" mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari hamda jang maydonlarida bitilgan, askarlarning qahramonliklarini madh etuvchi badiiy asarlar ko‘proq o‘rin olgan. ✅Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar tavsiya etilgan manbalar bilan tanishib foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob topdilar va bugungi osuda hayotimiz uchun janglarda halok bo‘lgan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib matonat bilan kurashib g‘alaba qozongan jangchilar xotirasini yodga oldilar.