"Oilamiz bilan kitobxonmiz "

Mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy intelektual salohiyatli qilib tarbiyasida kitobning o‘rni beqiyosligi, ularga qaratilayotgan e’tibor hamda oilada bolani kitobga qiziqtirishning yo‘llari va vositalarini targ‘ib qilish orqali oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. ✅2025-yil 18-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bog‘bon" mahallasida istiqomat qiluvchi oilalar o‘rtasida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" loyihasi doirasida "Oilamiz bilan kitobxonmiz " nomli ko‘rik tanlov tashkil qilindi. ✅ Tanlov asar sharhi va tezkor savol-javoblardan iborat bo‘lib, ishtirokchilar faollik bilan ishtirok etdilar va shu mazmundagi ko‘rik-tanlovlarning ko‘proq tashkil etish taklifini bildirdilar.