📚Yoshlarning kitoblarga qiziqishini oshirish, mutolaa zavqini uyg‘otish, mahalla va oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida kitoblar targ‘ibotlari, davra suhbatlari va har xil kvest o‘yinlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2025-yil 20-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mirzadala" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida "Aqlli odam vaqtini kitob bilan o‘tkazadi" mavzusida kitoblar targ‘iboti tashkil qilindi. ✅ Targ‘ibot davomida ishtirokchilarga qiziqarli, jumboqli savollar berildi va o‘qigan kitoblari haqida fikrlari tinglandi. Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan ushbu tadbir ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.