📚Yosh, xalqimizning badiiy savodxonlik darajasini oshirish, yurtimizdagi islohot va yangilanishlarning mazmun-mohiyatini yoshlar hamda aholi ongiga to‘laqonli ravishda yetkazish, o‘zlikni anglash hamda ajdodlarga munosib avlod bo‘lish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etish maqsadida, 2025-yil 24-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxon yoshlar oʼrtasida “Marifatli yoshlar millat faxri” nomli intellektual o'yin tashkil qilindi. ✅Tanlovda 14-17 yoshgacha bo'lgan kitobxonlar ishtirok etdi. Ushbu tanlovga qo‘yilgan adabiyotlar mazmunidan tuzilgan savollarga javob topish jarayonida ishtirokchilarning kitob mutolaasiga qiziqish yanada ortdi. Tadbirda 24 nafar yoshlar qamrab olindi.