Ekskursiya

📚Joriy yilning 25-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga 1-maktab o‘quvchilari "Kitob bilan do‘stlashgan bola – nurli kelajak egasi"mavzusida maroqli ekskursiya uyushtirishdi.Bolajonlar kutubxona bilimlar xazinasiga sayohat qilishdi. ✅Ular kitoblar olamiga chinakam oshufta bo‘lishdi! Ekskursiya davomida kutubxonaning asosiy vazifalari, foydalanish qoidalari va kitobdan oqilona foydalanish madaniyati haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar ulashdi. Bu tashrif bolajonlar uchun nafaqat maroqli, balki ilhomlantiruvchi kashfiyot bo‘ldi — ular endi kitobni nafaqat o‘qiydi, balki qadrlaydi ham!