2025-yil 25-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi hamda Mirzacho‘l tuman Harbiy qism bilan hamkorlikda yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish va takomillashtirish maqsadida yosh chegarachilar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini tashkil qilindi. ✅ "Sarhad", "Vatanparvar", "Yosh chegarachi" jamoalaridan iborat bo‘lgan guruhlar o‘rtasida qizg‘in bahs olib borildi. Ushbu o‘yin jarayonida "Sarhad" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tafakkurini rivojlantirish va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu o‘yin bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.