✅Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Kitob boʻlmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan boʻlar edi? Kitobga yoʻldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib oʻta oladi. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi.Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan. 📚2025-yil 26-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Mustaqillik" mahallasi yoshlari ishtirokida "Yosh kitobxon-2025" ko‘rik tanlovi tashkil qilindi. Ko‘rik tanlov 3 ta shart bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 1- shart, asarlar sharhi, 2-shart tezkor savol-javob, 3-shart test sinovidan iborat bo‘ldi. Ko'rik tanlovning yakuniy najilariga ko'ra Eshturdiyeva Nilufar barcha shartlar g'olibi deb topildi. Tadbir yakunida g'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.