📚Joriy yilning 27-iyun sanasida Mirzachoʻl tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Nero Express dasturida ishlash, disklarga ma'lumotlar, elektron va audio kitoblarni joylash va bu orqali axborot xavfsizligi ta'minlash, elektron bazasini kengaytirish boʻyicha amaliy tushunchalar berib oʻtildi.