📚Kitob-inson umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur ,inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai ,har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻstdir. ✅ Joriy yilning 30-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga "Doʻstlik" mahallasi yoshlari "Kitob bizning do‘stimiz" mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. ✅ Ekskursiya davomida yoshlarning yozgi taʼtilni mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida , axborot-kutubxona markazida mavjud turli sohadagi o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi.