Rasmlar tanlovi

Joriy yilning 2- iyul sanasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak aʼzolari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Gerbining 33 yilligiga bagʻishlab rasmlar tanlovi tashkil etildi. ✅ Oʻquvchilar berilgan vaqt mobaynida oʻz qobiliyatlarini namoyon etib, davlat ramzlaridan biri bo‘lgan Gerbni mahorat bilan xayolan tasvirlashdi. Tanlovga 16 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.