📚2025-yil 9-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Yurtimizda yashovchi turli din va millatlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik muhitini targ‘ib etish maqsadida "Millatlararo totuvlik-tinchligimiz garovi" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. ✅Tadbirda ishtirokchi qizlar tomonidan har xil millat urf-odatlari aks etgan qo‘shiqlar xirgoyasiyu,har xil millat udumlari tarannum etildi qo‘shiqlar kuylandi. Chiroyli va mazmunli ushbu tadbir barchaga xush kayfiyat ulashdi. 🏛Turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omil bo’lib, shu joyda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.