Kitob taqdimoti

2025-yil 10-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida Mirkarim Osim qalamiga mansub bugungi avlod uchun nodir manba va maʼnaviyat sarchashmasi hisoblangan "Zulmat ichra nur" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✅Taqdimot davomida ushbu asar millatning faxri, iftixori, xalqimizning timsoliga aylangan ulug‘ shaxs Alisher Navoiyning hayoti faoliyatiga bag‘ishlanganligi haqida qisqacha maʼlumotlar berildi. Ayniqsa, yosh Alisherning shoirlar davrasidagi holati ilhomlanib tasvirlanib berilgani ishtirokchilarda asarga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi. Tadbirda 20 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.