Mahorat darsi

Joriy yilning 11-iyul kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish" xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan tuman axborot -kutubxona markazi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida, kutubxona xodimlarga navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. ✅ Ushbu mahorat darsida xodimlarga axborot xavfsizligi to'g'risida tushunchalar, internetdan toʻg'ri va samarali foydalanish usullari to'g'risida amaliy va nazariy ma'lumotlar berib o'tildi.