🏛Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi aholi va yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "ZUKKO KITOBXONLAR LIGASI" nomli ikki bosqichli tanlovni e'lon qiladi. 📚Tumandagi barcha aholi va yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov davomida ishtirokchilarga Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" kitobi hamda Ernest Hemingueyning "Chol va dengiz" kitobi o'qish uchun vazifa sifatida beriladi. Mutolaa qilish uchun 10 kun vaqt belgilanadi. Shundan so'ng 27- sentyabrdan boshlab ikki kun davomida kuniga 30 ta dan ushbu kitoblar asosida tuzilgan online test savollari berib boriladi. Yakunda 60 ta test savollariga eng ko'p javob bergan 10 nafar ishtirokchi tanlovning 2-bosqichiga yo'llanma oladi. 🏆 Tanlovning ikkinchi bosqichida "KITOBLAR CHARXPALAGI" nomli sovrinli barabanimizda ishtirok etib yuqoridagi kitoblar asosida tuzilgan savollarga tezkorlik bilan javob berib tanlovga qo'yilgan sovg'alarni qo'lga kiritishi mumkin. 🙋♀️Hurmatli, kitobxon do'stlar imkoniyatdan unumli foydalaning va sovg'alarni qo'lga kiriting. ☎️ Murojat uchun telefon: +99899-179-64-90