Axborot-kutubxona markazi direktorining asosiy vazifalari

1. Fuqorolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan, milliy qadryatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo’lishini ta’minlash, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;

2. Axolining barcha qatlamlariga to’siqsiz va beg’araz kirishlari uchun yangi zamonaviy texnalogiyalarini joriy etish;

3. Xudud aholisiga bilim olishlari uchun imkoniyatlarni ta’minlash;

4. Mavjud bosma,video va boshqa shakldagi madaniy merosni saqlash hamda foydalanish uchun taqdim qilish;

5. Adabiyot namunalari ilmiy tadqiqot va ijodiy faoliyat natijalari bilan tanishtirish uchun keng imkoniyatlar tashkil etish;

6. Fuqarolarni internet va mobil ilovalar orqali milliy axborot fondlariga to’siqsiz kirishlarini ta’minlash;

7. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta’lim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish ; Foydalanuvchilarga har qanday (bosma,multimedia va raqamli) tashuvchilardashu jumladan internet tarmog’ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish ;

8. O’z axborot- resurslarini yaratish va ularni sifatli to’ldirib boorish orqali kitobxonlarga an’anaviy xizmat ko’rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta’minlashga o’tish;

9. Aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha masofadan xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.